English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator Dariga Nazarboyeva: “Qozog‘istondagi har bir hokimda vertolyot bo‘lishi kerak”
07:30 / 2017-12-29

Senatorning ta’kidlashicha, vertolyot har bir hokimda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi keng rivojlangan hududlarda bu albatta shart.

Senatorning ta’kidlashicha, vertolyot har bir hokimda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi keng rivojlangan hududlarda bu albatta shart.

Ana shunda har kuni 500 kilometr masofani avtomobilda bosib o‘tishga nisbatan kamroq vaqt sarflanadi. Buning uchun 2-3 soat vertolyotda uchadi va vaziyatni ko‘rib qaytadi. Bu jarayonda ishlarimiz ancha osonlashadi, axir katta shaharlarimizda yo‘l tirbandligi tufayli ba’zan yo‘lda uzoq turib qolamiz, degan D.Nazarboyeva "Evrokopter Kazaxstan injiniring" zavodiga qilgan tashrifi davomida. 

"Yirik xorijiy davlatlarda aerotaksi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu juda foydali. Shuning uchun biz ham kelajakda iqtisodiyotimizda ana shunday o‘zgarish yuz berishiga ishonishimiz va bunday xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashimiz, rivojlantirishimiz kerak» deya qo‘shimcha qilgan u.

Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoati vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, "Evrokopter Kazaxstan injiniring" zavodi MDH hududida YeS145 vertolyotlarini yig‘ish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona zavod hisoblanadi.