Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator bilan uchrashuv
12:57 / 2023-05-23

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi Ulug‘bek Sotiboldiyev Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuv “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi – xalqimiz farovonligining kafolati” mavzusida bo‘ldi.

Tadbirda Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputatlari, mahalliy davlat organlari vakillari va tumandagi “Oydin”, “Dehqonobod” va “T.Ahmedov” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirok etdi. Samimiy uchrashuvda bosh qomusimizga kiritilgan o‘zgarishlar xalqimiz farovonligi, yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirilgan, shuningdek, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, berilgan imtiyozlar haqida so‘z bordi.  

–Islohotlar inson va uning manfaatlariga qaratilgan bo‘lib, bu hamisha ustuvorlik kasb etgan. Zero, xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi. Buni esa har birimiz yurakdan, qalban his qila olsakkina ko‘zlagan maqsadimizga erisha olamiz, – dedi senator.  

Shuhrat SUYAROV, O‘zA