Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator aholi turmush sharoitini yaxshilash masalasiga e’tibor qaratdi
20:38 / 2025-09-11

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Gulnora Marufova xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jamoatchilik vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Senator joriy yilning 4-5 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Senatning o‘ninchi yalpi majlisida muhokama qilingan qonunlar va parlament nazorati doirasidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlarini jadallashtirish, kreditorlar talablarini qanoatlantirish tizimini takomillashtirish, transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish kabi yo‘nalishlardagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, Bosh prokurorning hisoboti va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy ma’ruza mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.

Toshkent shahar kengashi deputatlari hamda Olmazor tumani kengashi deputatlari bilan birgalikda Olmazor tumanidagi G‘alaba, Nihol va Yuqori Beshqo‘rg‘on mahallalarida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mahalla faollariga ham dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, mahalla aholisining turmush sharoiti, xususan, kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritgichlarini sozlash, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

N.Abduraimova, O‘zA