Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator 70 yil oldin foydalanishga topshirilgan maktablar borligi, ular ta’mirga muhtojligini bildirdi
16:22 / 2023-12-20

Senatning 48-yalpi majlisida senatorlar byudjetnoma shakllantirilishi borasida o‘zini qiziqtirgan savollar bilan mas’ullarga yuzlandi.

Xususan, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burhonov Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga savol bilan murojaat qildi.  

– Davlatimiz rahbari byudjet loyihasini shakllantirishda xalq bilan maslahatlashish, xususan mahalliy Kengashlar deputatlari, mahallalar faollari va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari, takliflarini inobatga olish lozimligini doimo ta’kidlab keladi, – dedi Q.Burhonov. – Biroq mas’ullar tomonidan bu jihatga jiddiy e’tibor qaratilmaslik holatlariga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Misol uchun, Toshkent viloyatida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi, 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablarni (bular orasida qariyb 70 yil oldin, ya’ni 1956 yilda foydalanishga topshirilgan maktablar ham bor) mukammal ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish lozimligi yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi tomonidan keyingi 10 yil davomida byudjetga kiritish haqida takliflar berib kelinadi. Biroq bu takliflar yoki o‘rganilmaydi yoki umuman inobatga olinmaydi. Dastlabki o‘rganishlar tahlili va mahalliy Kengashlardagi muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, 2024 yilgi Byudjetnomada ham 10 yil davomida berib kelingan takliflar inobatga olinmagan. Bunday yondashuvning sababi nima? Yuqoridagilardan kelib chiqib mutaxassislarga bir necha savol bilan yuzlanmoqchiman. Birinchidan, yuqorida viloyat hokimligi tomonidan 10 yil davomida berib kelingan takliflar yana necha yil taklif sifatida berilsa Byudjetnomani shakllantirishda inobatga olinadi? Ikkinchidan, viloyat hokimliklari tomonidan berilgan takliflarni kelgusi yil Byudjetnomasiga kiritilishi yoki kiritilmasligi qanday mezonlar asosida hal etiladi?  

Bu savollarga javoban J.Qo‘chqorov 56 yillarda qurilgan maktab ta’mirtalab bo‘lishi yuz foiz to‘g‘riligini aytib o‘tdi.  

Senator ko‘targan masala bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish olib borilishi, tilga olingan ob’ektlar nohaq ravishda rejaga kirmay qolgan bo‘lsa, chora ko‘rilishi bildirildi. Shu bilan birga, ushbu masalalar ijrosi bo‘yicha Senatga yozma axborot taqdim etiladi.  

N.Abduraimova, O‘zA