Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning qirq oltinchi yalpi majlisi yakunlandi
12:55 / 2023-10-28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

Senat va hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan majlisda o‘ndan ortiq masala ko‘rib chiqildi.    

Majlis davomida “Probatsiya to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunlar ma’qullandi.  

Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish  

va qo‘shimchalar kiritish haqidagi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq to‘rtta qonun ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishga oid qonunlar ma’qullandi.  

“Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitim (Anqara, 2023 yil 16 mart) ratifikatsiya qilindi.    

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombdusmani) saylandi.  

Shu bilan yalpi majlis yakuniga yetdi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA