Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
10:26 / 2026-02-05

Bugun, 2026 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.  

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis kun tartibiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga doir qator masalalar kiritilgan.  

Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar belgilab olinadi hamda Senatning 2025 yildagi faoliyati  sarhisob qilinadi.

Senatorlar  oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, sportni ommalashtirish, shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonunlarni ko‘rib chiqadi.  

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga oid qonun hujjatlariga  o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.

Yalpi majlisda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish, 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar, ijtimoiy sohaga ixtisoslashgan davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosining muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasiga hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, qurilish ishlarini tartibga solish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, aliment undirish va to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlis doirasida senatorlar Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud tarkiblariga o‘zgartirishlar kiritish masalalarini ham muhokama qiladi.

Majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar haqida batafsil yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring!

N.Abduraimova,

F.Abdurasulov (surat), O‘zA