Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning navbatdagi yalpi majlisi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi
13:14 / 2022-12-24

Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisini chaqirishga oid masala ko‘rib chiqildi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgani qayd etildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlar senatorlar e’tibor markazida bo‘ladi. 

Shuningdek, “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi, “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2022 yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilinadi.

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.

Majlisda Senat yalpi majlisini 2022 yil 27 dekabr kuni o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. 

                                                           N.Abduraimova, O‘zA