Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning navbatdagi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
10:41 / 2022-05-28

2022 yil 28 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, OAV vakillari  ishtirok etmoqda. Senat raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis kun tartibiga o‘n bir masala kiritilgan.

Ular orasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”,  “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar  bor. 

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari  ko‘rib chiqiladi.  

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisini tayinlash, Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish kutilmoqda. Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil va 2022 yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi. 

Barcha masalalar haqida batafsil uza.uzda tanishib borasiz. Bizni kuzatib boring! 

           N.Abduraimova, O‘zA