Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatga yo‘llangan murojaatlar qanday hal etildi?
14:36 / 2024-01-19

Har bir murojaat ortida inson bor, xalq bor. Shu nuqtai nazardan murojaatga e’tibor ularga bo‘lgan e’tibordir.

Senat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan  aholi murojaatlari bilan ishlash borasida muayyan natijalarga erishilmoqda.  

Senat Raisi T.Norboyevaning qayd etishicha, Senatga yo‘llangan murojaatlar, ular xoh yozma, xoh elektron yoki og‘zaki bo‘lsin, birortasi ham e’tibordan chetda qolmaydi.  

2023 yilda Senatga kelib tushgan murojaatlarning qariyb yarmi qo‘mitalar tomonidan alohida nazoratga olinib, senatorlarning bevosita sa’y-harakatlari bilan ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.  

Xususan, senatorlar takliflari bilan saylovchilar murojaati asosida ko‘tarilgan hududlardagi muammoli masalalar yalpi majlislar muhokamasiga olib chiqildi va o‘z ijobiy yechimlarini topdi (jami 17 marotaba).  

Misol uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatini bog‘lovchi muhim ko‘prik qurilishi oxiriga yetkazildi. Toshkent shahar yoshlar sanoat zonalari infratuzilma bilan ta’minlandi (shu maqsadga 5 milliard so‘m ajratilgan).  

Buxoro viloyati Olot tumanidagi mahallada yangi sport majmuasi qurildi. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 8 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li ta’mirlandi.  

O‘rta Chirchiq tumanidagi Turkiston, Changtepa mahallalarida ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini qurish loyihalari oxiriga yetkazilmoqda.  

Senat yalpi majlisida joriy yilda ham aholi murojaatlari senatorlarning alohida e’tiborida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA