Senatda Xalqaro Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
12 avgust – Xalqaro Yoshlar kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari uchun BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan “Yoshlarning demografik jarayonlardagi roli va imkoniyatlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova yoshlarning demografik barqarorlik jarayonida faol ishtiroki bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o‘rinbosari Matluba Umurzoqova yoshlarga oid siyosat va demografik barqarorlikka oid davlat dasturlari hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning dolzarb yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Seminar doirasida demografik barqarorlik, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, shuningdek, yoshlar siyosatining barqaror rivojlanishga ta’siriga oid asosiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Tadbirda demografik dividenddan samarali foydalanish hamda demografik barqarorlik strategiyasi masalalari muhokama qilindi.
N.Abduraimova, O‘zA