Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatda tadbirkorlar muammolarini hal etishga qaratilgan memorandum imzolandi
07:36 / 2022-07-21

Oliy Majlis Senati va O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tuzilma 13 uyushma manfaatlarini himoya qiladi va 100 mingga yaqin tadbirkorni o‘z safida birlashtirgan.

Senat raisi Tanzila Norboyeva hamda Assambleya raisi Muxtor Umarov imzolagan hujjat zamonaviy qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlash, byurokratik tartib-tamoyillarni qisqartirish, eksportni rag‘batlantirish ham memorandumda nazarda tutilgan.

Senat raisi T.Norboyeva ta’kidlaganidek, memorandum tadbirkorlar muammolarini hal etishda Senatning fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
             
 

O‘zA