Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatda Qatar Sho‘ro kengashi Raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
14:10 / 2025-04-04

Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qatar Sho‘ro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-G‘anim boshchiligidagi delegatsiya Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qatar parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini yanada jonlashtirish, oliy darajada erishilgan ikki tomonlama bitimlarning ijrosini ta’minlash va qonunchilik sohasida tajriba almashishni davom ettirishga kelishib oldi.

N.Abduraimova, O‘zA