Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatda Latviya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19:18 / 2022-02-08

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli, jumladan, parlamentlararo hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

E.Rinkevichs O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan mintaqaviy siyosatga, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi.

So‘nggi yillarda o‘zaro munosabat barqaror rivojlanib borayotganiga urg‘u berildi. Shu bilan birga, ko‘plab sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mavjud ulkan salohiyatdan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama jadal siyosiy muloqot hamda ko‘p qirrali hamkorlik konstruktiv va bunyodkorlik xususiyatiga ega ekani qayd etildi.

Tomonlar barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishda muhim o‘rin tutadigan mamlakatlar o‘rtasidagi parlamentlararo aloqani yanada chuqurlashtirishdan, shuningdek, turli darajada erishilgan kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

U.Mahmirzayev, O‘zA