French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisi yakunlandi
19:32 / 2022-09-13

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisi yakuniga yetdi.

Majlisda 13 masala ko‘rib chiqildi. Shundan beshtasi qonun bo‘lsa, qolganlari boshqa masalalarga taalluqli bo‘ldi.

Senatorlar to‘rt qonunni ma’qulladi va bir qonunni rad etdi. Jumladan, «Elektron tijorat to‘g‘risida», «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonunlar ma’qullandi.

«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun esa rad etildi.

Majlis davomida Senat raisi yangi o‘rinbosari saylandi. Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga tasdiqlangan Amanbay Tleubayevich Orinbayev Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2022 yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti, tashqi ishlar vazirining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini hamda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Boyovut, Qarshi, Olot, Bo‘ston va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi. Navoiy va Samarqand viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari tahlil etildi.

Davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022 yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shu bilan Senat yalpi majlisi yakunlandi.

O‘zA