Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisi yakuniga yetdi
15:17 / 2023-04-07

Oliy Majlis Senatining o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisi yakuniga yetdi. Majlisda 16 masala ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, shundan 10 tasini qonunlar tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilgan barcha qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Tashqi ishlar vazirligining faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta’minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga parlament so‘rovi yuborildi.

Senatning Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijro etilishi bilan bog‘liq qarori bajarilishiga baho berildi.

Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilindi.

Senat Kengashining qarorlari ham tasdiqlandi.

Shu bilan Senatning yalpi majlisi yakuniga yetdi.

O‘zA