Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
14:22 / 2022-06-13

Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda oltita masala ko‘rib chiqildi.  

Jumladan, “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama etildi. 

Shulardan bir qonun – “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullash rad etildi. Boshqa qonunlar esa ma’qullandi.   

Kozimjon Komilov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi sifatida qayta saylandi.  

O‘zA