Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda (onlayn)
10:20 / 2019-08-24

Bugun – 24-avgust kuni Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda.


Bugun – 24-avgust kuni Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Senat raisi T.Norboyeva boshqarayotgan majlisda kun tartibiga kiritilgan qolgan masalalar koʻrib chiqiladi.

Eslatib oʻtamiz, kun tartibiga 26 masala kiritilgan boʻlib, shundan 16 tasi qonunlardir. Majlisning birinchi kunida 4 qonun koʻrib chiqildi.

Bugun koʻrib chiqiladigan qonunlar ichida parlament byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari, saylov, jamoatchilik nazorati, xavfsizlik va mudofaa, moddiy madaniy meros obyektlari, davlat organlarining faoliyati, psixiatriya yordami koʻrsatish bilan bogʻliq, shuningdek, toʻrtta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilishga oid qonunlar koʻrib chiqiladi.

Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga oʻzgartishlar kiritish, ichki ishlar, tashqi ishlar vazirlarining, turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining axborotlari eshitiladi.

Xorazm viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.

Boʻsh turgan, qurilishi tugallanmagan obyektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuboriladi.

Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari holati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha Parlament komissiyasini tugatish kabi masalalar senatorlar eʼtiboriga havola etiladi.

Koʻrib chiqiladigan barcha masalalar haqidagi tezkor axborotlar bilan saytimizda tanishasiz. Bizni kuzatib boring!