Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisi davom etmoqda
10:23 / 2026-02-06

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.  

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlisning kecha bo‘lib o‘tgan birinchi ish kunida  oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, sportni ommalashtirish, shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonunlar ma’qullandi.  

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etish, ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Qonunchilikka kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, hukumat a’zoligiga taqdim etilgan shaxslar va hokim lavozimiga nomzodlar endi o‘z faoliyat dasturlari bilan bir qatorda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejalarini ham taqdim etishi shart etib belgilanmoqda.  

Yalpi majlis ikkinchi ish kunida O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish, 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar, ijtimoiy sohaga ixtisoslashgan davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosining muhokama etiladi.  

Vazirlar Mahkamasiga hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, qurilish ishlarini tartibga solish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, aliment undirish va to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlis doirasida Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud tarkiblariga o‘zgartirishlar kiritishga oid masalalar ham muhokama qilinishi kutilmoqda.  

Majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar haqida batafsil yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring!

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat), O‘zA