Senat Trampning Venesueladagi harakatini cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatlamadi
AQSH Senati Prezident Donald Trampning Venesuelada Kongress roziligisiz kuch ishlatish huquqini cheklashga qaratilgan rezolyutsiyani qabul qilmadi, deb xabar bergan DWnashri.50 kishi yoqlagan hujjat loyihasiga 51 noib qarshi chiqdi. Hal qiluvchi ovozni vitse-prezident Jey Di Vens bergan va shu tariqa rezolyutsiya rad etilgan.
Ma’muriyat AQSH qo‘shini Venesuelada joylashmagani, mamlakat rahbari Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi harbiy emas, balki huquqiy xususiyatga egaligini ta’kidlamoqda.
Tabiiyki, diplomatik sa’y-harakat hali davom etmoqda. Tramp Oq uyda Venesuela muxolifati vakili Mariya Korina Machado bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilyapti.
“Reuters” agentligiga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Venesuela rahbariyati vakili Delsi Rodriges bilan muloqotni ijobiy baholagan.
D.Hakimov, O‘zA