Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: Tashqi siyosat konsepsiyasi takomillashtiriladi, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari kengaytiriladi
09:52 / 2026-01-28

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida ko‘zda tutilayotgan xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida mamlakatimiz xalqaro imijini yanada oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini yanada oshirish va turizmni rivojlantirish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Xususan, tashqi siyosat konsepsiyasi takomillashtirilib, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari kengaytiriladi. Millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizning investitsiyalarni jalb qilish strategiyasi, milliy eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yanada faollashtiriladi. 

Yangi turizmni rivojlantirish strategiyasi doirasida mamlakatimizning turistik salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.

Senatorlar “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirish, davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

N.Abduraimova,

O‘zA