French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SENAT: Tanzila Norboyeva Yoshlar parlamentidan umid katta ekanini aytdi
11:01 / 2020-08-07

Xabaringiz bor, yaqinda Senat huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etildi.


– Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning joylardagi ijrosi doimiy oʻrganib borilyapti. Xabaringiz bor, yaqinda Senat huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etildi. 100 nafar faol yoshlardan tashkil topgan mazkur tuzilmaning aksariyat aʼzolari, aniqrogʻi 84 nafari mahalliy Kengashlar tarkibidagi yosh, salohiyatli deputatlar orasidan saylangan.

Bugungi majlisimizda yoshlar parlamenti aʼzolari ham ishtirok etmoqda. Bizning ulardan umidimiz katta. Ular mamlakat yoshlarining orzu-intilishlari, tashvishlari-yu tashabbuslarini ilgari surish barobarida, hududlarimizdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni ham mahalliy Kengash minbarlariga, Senat minbariga ham dadil olib chiqishi lozim, – dedi Senat Raisi.