Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat raisi talabalar bilan uchrashdi
12:53 / 2023-03-31

Guliston davlat universitetining talabalar xiyobonida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev talaba yoshlar bilan uchrashdi. E’tiborli jihati, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab talabalar tomonidan yaratilgan yangi innovatsion loyihalar taqdimoti, tasviriy va amaliy san’at namunalari bilan tanishdi. Uchrashuv avvalida so‘z olgan viloyat rahbari ayni paytda Sirdaryoda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, oliy o‘quv yurtlarining ko‘payib borayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarni bilimli, kasb-hunarli bo‘lishga chorladi.

–Sizlar va sizlar orqali boshqa tengdoshlaringiz tushunishini istardimki, so‘ngi yillarda mamlakatimizda har bir sohada tub islohotlar amalga oshirildi. Buni butun dunyo ham e’tirof etyapti. Hayot bor, kamchilik ham bo‘ladi. Ularni birdaniga hal qilib bo‘lmaydi. Lekin bitta narsa yoshlar bilan oldimizga qo‘ygan maqsadlarga albatta erishamiz, – dedi Akmaljon Maxmudaliyev.

[gallery-11221]

Shundan so‘ng qizg‘in savol-javoblar boshlanib ketdi. Viloyat hokimi yoshlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi, o‘z munosabatini, fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Jumladan, 12 aprel kosmonavtika kuni munosabati bilan universitet talabalari o‘rtasida texnologik ishlanmalar ko‘rik-tanlovi, aprel oyi mobaynida sportning ommaviy turlari bo‘yicha "Hokim va rektor kubogi" musobaqasini tashkil etish, shuningdek, talabalar tomonidan ishlangan tasviriy va amaliy san’at namunalari sotuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Sh.Suyarov,

Sh.Ortiqboyev,(suratlar), O‘zA