Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat raisi Sirdaryoda bemor onalar bilan uchrashdi
11:27 / 2024-02-18

Oliy Majlis Senati a’zolari hududlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazmoqda. Xususan, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo‘lib Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat filiali tibbiyot xodimlari, murg‘akkina go‘dagini bag‘riga bosgan baxtiyor onalar bilan uchrashdi.

Senat raisi markaz filiali, unda tug‘ish yoshidagi ayollar va tug‘ilishi ko‘zda tutilgan va tug‘ilgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishib, onalar va bolalar salomatligini muhofaza etish, xotin-qizlar va ularning reproduktiv salomatligini tiklash, erta tug‘ruq, istalmagan homiladorlikning oldini olish, tug‘ilgan va tug‘ilajak bola va ularning onalariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida Sirdaryoda, markaz, uning filiallarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng, mazkur markaz, og‘ir asorat bilan kelgan onalar va ularga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatuvchi operatsiya xonasi, unga o‘rnatilgan tibbiy apparat va jihozlar, intensiv palatada tug‘ruqdan so‘ng, shifokorlar nazorati ostida yotgan ona va bolalar, og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan-cha, "qahramon"lik ko‘rsatib, jajji farzandini dunyoga keltirgan onalar bilan suhbatlashib, ularga sog‘liq-salomatlik tilab, sovg‘a ulashdi.

Muddatidan oldin tug‘ilgan, bolalar neonatologlari nazorati ostida parvarishlanayotgan 1,200, 1,300, 1,700 kilogrammli bolajonlar parvarishlanayotgan bo‘limda ham bo‘lib, ular uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishib, soha xodimlariga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Markazning majlislar zalida  soha xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa, onalar va bolalar salomatligi uchun mas’ul bo‘lgan soha xodimlari oldida turgan vazifalarga ahamiyat qaratib, tizim xodimlari, ularni ko‘pdan buyon qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.

Eng muhimi, qo‘shimcha bino, onalar va bolalar salomatligini skrining ko‘rik davomida o‘rganish, tahlil etib borish uchun har bir hududga bittadan UZI dopler apparati, onaga va bolaga shoshilinch tez xizmat ko‘rsatadigan yangi va zamonaviy tibbiy apparatura bilan jihozlangan reanimobil, mutaxassislar yetishmovchiligi kabi ko‘plab masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.  

Senat raisi, bu muammo va masalalarni tegishli soha xodimlari bilan atroflicha o‘rganib, zarur amaliy yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA muxbiri