Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat raisi sayxunobodlik issiqxonada ishlayotgan ayollar bilan uchrashdi
15:35 / 2021-03-17

Oliy Majlis Senati raisi Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sayxunobod tumani Farovon mahalla fuqarolar yig‘inidagi issiqxonada bo‘lib, u yerda ishlayotgan ayollarning mehnat, dam olish, ovqatlanish va boshqa sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Ayni paytda, issiqxonada 30 nafar xotin qiz mehnat qilmoqda. Bu yerdagi qurilayotgan qolgan issiqxonalarning bitishi bilan yana 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu yerda asosan Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar mehnat qiladi.  

Tanzila Norboyeva issiqxonada mehnat qilib, oilasi byudjetiga hissa qo‘shayotgan mehnatkash ayollar bilan suhbatlashdi, ularning mehnat va oilaviy sharoitlari bilan qiziqdi.  

Shuningdek, tumandagi “Guliston” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

[gallery-1596]

Ushbu mahalla binosi ro‘parasida oziq-ovqat va boshqa turli xil maishiy xizmat ko‘rsatuvchi do‘konlar qad rostlamoqda. Shuningdek, tikuvchilik sexi, paypoq ishlab chiqaruvchi fabrika ham ishga tushish arafasida. Ushbu loyihalar amalga oshishi bilan mahalladagi “Ayollar daftari” ro‘yxatida turganlar doimiy ish bilan ta’minlanadi.  

Tuman hokimligining yig‘ilishlar zalida Senat raisi Tanzila Norboyeva, tuman hokimi Farrux O‘ktamjonov, sektor rahbarlari va tuman Kengashi deputatlari va tumandagi faol ayollar bilan kelgusidagi rejalar xususida kelishib olindi.  

 

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA