Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat raisi Rossiyadagi oʻzbekistonliklar himoyasiga qaratilgan maktub yoʻlladi
21:44 / 2020-04-10

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yoʻlladi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yoʻlladi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Oliy Majlis Senatiga Rossiya Federatsiyasida hozirgi murakkab sharoitda ishsiz, mablagʻsiz qolgan fuqarolarimizdan koʻplab murojaatlar kelmoqda.

Ular karantin tugaguncha va mehnat bozori toʻliq tiklanguniga qadar patentni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq toʻlash muddatini kechiktirish imkoniyatini koʻrib chiqish masalasida yordam soʻramoqda.

Ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan joriy yil 5-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilgan.

Shuningdek, 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yoʻlladi.

Maktubda Rossiya xalqiga epidemiyani tez orada yengib oʻtishiga chin dildan tilak bildirlib, global koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shu jumladan, parlamentlararo muloqotni qoʻllab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

(Surat arxivdan)