Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat raisi parlament soʻrovini yuborish boʻyicha ham joylardagi senatorlar sustligini aytdi
17:50 / 2020-06-19

Senat majlisida ushbu masalalar chuqur tahlil qilib, parlament soʻrovi yuborilishining sabablari asoslab berildi.


Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasiga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan hamda Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ramatovga chiqindilar bilan bogʻliq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan parlament soʻrovlari yuborildi.

Senat majlisida ushbu masalalar chuqur tahlil qilib, parlament soʻrovi yuborilishining sabablari asoslab berildi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva parlament soʻrovining ahamiyati haqida oʻz mulohazalarini bildirib oʻtdi.

- Guvohi boʻlganingizdek, parlament soʻrovi vositasini qoʻllash oʻzining ijobiy natijasini bermoqda, -dedi Senat raisi. - Bugun yuborilgan soʻrovlar ham, albatta, tegishli sohalarni yana-da rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf yetishga xizmat qiladi. Biroq, u yoki bu masalada parlament soʻrovi yuborish tashabbusi faqatgina Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar tomonidan ilgari surilmoqda va ular, asosan, umumdavlat miqyosidagi masalalarga taalluqli boʻlmoqda. Holbuki, hududlarda ham aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar talaygina.

Esingizda boʻlsa biz faoliyatimiz avvalida nafaqat umummamlakat miqyosidagi masalalar, balki alohida viloyat, tuman (shahar) darajasidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan ham parlament soʻrovlari yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyishga kelishib olgan edik.

Mazkur vazifa Senatning harakatlar dasturida ham alohida belgilangan. Biroq, nimagadir ushbu vazifa hududlardagi senatorlarimizning eʼtiboridan chetda qolmoqda. Ularning bu boradagi ishtiroki faqatgina ovoz berish bilan cheklanib qolmoqda.

P/S: Bu fikrlari bilan Senat raisi hududlarda faoliyat olib borayotgan senatorlar faoliyatidan qoniqmayotganini yana bir bor taʼkidladi.

Bundan kelib chiqadiki, joylarda yuzaga kelayotgan, lekin yechimini topmayotgan muammolarda senatorlarning “hissasi” yoʻq emas. Chunki muammo vaqtida koʻtarilib, tegishli idoralarga olib chiqilsa, uni hal qilish boʻyicha jonkuyarlik bilan ish olib borilsa, ular yechiladi. Xalq deputat va senatorlarni shu maqsadda saylagan. Bu mulohazalar oʻz hududlariga masʼul senatorlarni sergak torttirsa, talab darajasida ishlay boshlashsa ajab emas.