Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat Raisi: fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik takomillashmoqda
19:12 / 2025-09-10

“Xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida Toshkentda o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Senat Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva tadbir ishtirokchilariga qutlov so‘zi bilan murojaat qildi.

Senat Raisi o‘z nutqida xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalari tutadigan muhim o‘rin, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilish, munosib mehnatni ta’minlash va ijtimoiy muloqotni rivojlantirish yo‘nalishlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Senat tashabbusi bilan fuqarolarning mehnat huquqlarini kafolatlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani ta’kidlandi.

Ushbu loyiha doirasida jamoat birlashmalari va kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunlar hamda bir qator kodekslarga o‘zgarishlar kiritilib, kasaba uyushmalarini tashkil etish uchun talab etiladigan a’zolar soni kamaytirilishi ularning faoliyatini yanada yengillashtirish va kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, mehnat nizolarini mediatsiya va arbitraj yo‘li bilan hal etish mexanizmlarini takomillashtirish, ish tashlash huquqini mustahkamlash va uning o‘tkazish tartibini aniq belgilash xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Senat Raisi ushbu qonun loyihasi mamlakatda munosib mehnatni tashkil etish va kasaba uyushmalarining rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Kelgusidagi hamkorlikni samarali tashkil etish uchun beshta ustuvor yo‘nalish, kasaba uyushmalari institutsional rolini kuchaytirish, ijtimoiy muloqotni chuqurlashtirish, xalqaro tajriba almashish, tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash hamda raqamlashtirish jarayonida mehnat munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ilgari surildi.

N.Abduraimova, O‘zA