Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat raisi: «Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha nazorat va javobgarlikni kuchaytiramiz»
13:54 / 2022-08-05

Onlayn

Senat yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yil I yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.

Dasturda nazarda tutilgan topshiriqlardan 215 tasi joriy yil birinchi yarim yilligida bajarilishi belgilangan bo‘lib, shundan 137 ta band va kichik bandlar to‘liq bajarilgan.

Investitsiya dasturi doirasida 157,5 mln. dollarlik mablag‘lar o‘zlashtirilgan va mahalliylashtirish dasturi doirasida 28 turdagi 3 trln. 940,2 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Xizmatlar sohasida jami 756 mingta (yillik rejaga nisbatan 49 foiz) yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha dastur ijrosi yuzasidan 21,7 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. “Yangi O‘zbekiston» massivlarida 21 ming 312 ta xonadonli 619 ko‘p qavatli uy-joylarning 397 tasida qurilish ishlari boshlangan.

Majlisda senatorlar tomonidan Dastur ijrosi yuzasidan yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Dasturda muddati o‘tgan 63 ta band ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bugungi kunga qadar qabul qilinmagan.

Ushbu masala yuzasidan munosabat bildirgan Senat raisi Tanzila Norboyeva Davlat dasturi ijrosi juda mas’uliyatli vazifa ekani, bunga shunga mos tarzda yondashish zarur.

– Hukumat a’zolari parlamentda hisobot berish bilan birga o‘z rayosat majlislarida ham ijroni qat’iy nazoratda olib faoliyat yuritishi kerak. Qolaversa, Prezident Administratsiyasida yangi nazorat inspeksiyasi ham tashkil qilinganki, ular ham xalqimiz manfaatini ta’minlash aks etgan Davlat dasturi ijrosini birinchi navbatda talab qiladi.

Shuning uchun hukumat a’zolaridan bajarilmay qolgan ayrim masalalarni hal qilishni iltimos qilamiz. Chunki xalq hozir hamma dasturlardan xabardor. Ular bizdan so‘rab turibdi. Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha nazorat va javobgarlikni kuchaytirish masalasini qo‘yganmiz. Shuningdek, parlament deputatlik nazorati masalalarini ham o‘zimizga, ham Senatga, ham mahalliy kengashlarga alohida topshiriqlarni belgilaganmiz. 

Muhokamalar so‘nggida mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA