English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat Raisi “Better Cotton Initiative” (BCI) delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:46 / 2025-11-20

Oliy Majlis Senatiga Yannis Bellingxauzen boshchiligidagi  “Better Cotton Initiative” (BCI) xalqaro tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Senat Raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonning Better Cotton Initiative bilan hamkorligini yuqori baholashini bildirdi. Qishloq xo‘jaligi barqarorligini oshirish, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish va paxta-to‘qimachilik ta’minoti zanjirlarida shaffoflikni kuchaytirish borasida tashkilotning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Paxta-to‘qimachilik sohasi mamlakat iqtisodiyotining yetakchi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, keyingi yillarda keng qamrovli islohotlar natijasida tubdan yangilandi.

O‘zbek paxtasining eksport geografiyasi kengayib, 80 dan ortiq davlatga paxta-to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinmoqda. 

Eksport hajmini oshirish, sohaga yanada ko‘proq investitsiyalarni jalb etish, bu ishlarga to‘qimachilikdagi yirik xalqaro brendlarni kengroq jalb qilishda munosib mehnat tamoyillari, ekologik barqarorlik hamda xalqaro texnik va ishlab chiqarish talablariga asoslangan standartlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. 

Uchrashuv davomida ushbu xalqaro standartlarni o‘zida mujassam qilgan BCI standartlarini yanada keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. 

BCI standartlarini milliy standart sifatida qabul qilish, bu borada milliy auditorlarni tayyorlash, kichik va o‘rta biznes uchun sertifikatlash xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish, sertifikat berish bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘rganishlar muddatini qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishildi. 

O‘zbekistonning xalqaro ko‘rgazmalar va barqaror to‘qimachilik forumlaridagi ishtirokini kengaytirish, xalqaro brendlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va ular ishtirokida O‘zbekistonda xalqaro tadbirlarni tashkil etish imkoniyati istiqbolli yo‘nalish sifatida alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanini bildirdi.

N.Abduraimova,

O‘zA