Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolar mehnat imtiyozlaridan foydalanishi zarur
15:06 / 2022-07-21

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari muhokama qilindi.

 Senatda tuzilgan ishchi guruh tomonidan joriy yil may-iyun oylarida Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilgan. 

O‘rganishda o‘zini o‘zi band qilish hisobiga yaratilgan ish o‘rinlari ahvoli tahlildan o‘tkazilgan.  

Bu borada yillik prognoz ko‘rsatkichlari viloyatlarda ortig‘i bilan. Lekin o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan bir martalik ijtimoiy soliq to‘lanishi, shuningdek ularning kelgusida kafolatlangan mehnat imtiyozlaridan foydalanishi masalalariga e’tibor qaratilmagan. 

Xususan, Jizzaxda o‘zini o‘zi band qilgan 44,1 mingdan ziyod shaxsdan atigi 2,8 mingga yaqini yoki 6,3 foizi bir martalik ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lagan, xolos. 

Shu bilan birga, fermer xo‘jaliklari tomonidan yaratilgan ish o‘rinlarida mehnat qonunchiligi asosida aholi bandligini ta’minlash va ishchilarga hisoblangan ish haqi to‘lovlarini soliq hisobotlarida aks ettirish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmagan. 

Jumladan, fermer xo‘jaliklarida jami yaratilgan ish o‘rinlarida band aholining Buxoro viloyatida 64 foizi, Jizzax viloyatida 58 foizi soliq organi ma’lumotlari bazasida qayd etilmagan. 

Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ochiq elektron auksion savdosiga qo‘yilgan 2,8 ming gektardan ortiq yer maydoni bo‘yicha aholining xabardorligi va manfaatdorligi pastligi sababli arizalar kelib tushmagan. Bu Buxoro viloyatida 801 gektar, Jizzax viloyatida 1 ming 240 gektar va Namangan viloyatida 815 gektarni tashkil etgan. 

Natijada aholiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonini ajratish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish prognoz ko‘rsatkichi rejasi bajarilmagan. 

Namangan viloyatida ochiq elektron onlayn-auksion savdolariga 44 ming 552 ta lotda qo‘yilgan yer maydonlari bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlangan bo‘lsa-da, joriy yilning yanvar-aprel oylarida juda kam dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 

N.Abduraimova, O‘zA