French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SENAT: o‘ninchi yalpi majlisdagi muhim masalalar (+video)
19:43 / 2025-09-04

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi birinchi ish kuni yakunlandi. Majlisda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda  bundan sakkiz yil oldin Prezidentimiz ilgari surgan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi xalqimizni jipslashtiruvchi, ulug‘vor maqsad va ulkan marralarga undovchi milliy g‘oyaga aylangani qayd etildi. 

Keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari: yangi shaharlar, yo‘l-transport infratuzilmasi ob’ektlari, yirik sport inshootlari, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat maskanlari xalqimizning buguni va kelajagini farovon qilishga xizmat qilmoqda. 

– Odamlarimiz daxldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan yangicha fikr, yangicha dunyoqarash, yangicha orzu-umidlar bilan yashamoqda, - dedi T.Norboyeva. – Ularni ro‘yobga chiqarish, umuman xalqimizni rozi qilish Prezidentimiz yetakchiligidagi islohotlarning bosh maqsadidir. Ana shu maqsad yo‘lida obodlik ko‘lami, taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada kengayib, jadallashib bormoqda. 

Keyingi sakkiz yilda yalpi ichki mahsulot 2 karra oshib, o‘tgan yil 115 milliard dollarga, eksport hajmi 26 milliard dollarga yetdi.

Yalpi majlisda Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi oliy darajadagi muloqotlar ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Senat Raisi nufuzli tadbirda Prezidentimiz qator taklif va tashabbuslar ilgari surganini e’tirof etdi. Savdo-sotiqni soddalashtirish, ishlab chiqarish-logistika zanjirlarini rivojlantirish va o‘zaro sarmoyalarni rag‘batlantirish, “yashil” energetikani jadal rivojlantirish, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilgari surish, mintaqaviy sanoat va infratuzilma loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mintaqalararo transport-tranzit salohiyatini to‘liq ishga solish, SHHTda yagona transport tarmog‘ini shakllantirish, “yashil” transformatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish kabi dolzarb masalalar SHHT makoni taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.   

Odamlarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratish, yangi quvvatlar, zamonaviy loyihalarni ishga tushirib, aholi, ayniqsa, yoshlarimizni munosib daromadli mehnat bilan band qilish ustuvor vazifalardan hisoblanishi majlisda alohida ta’kidlandi. 

“Bitiruvchilar bandligini  ta’minlash masalalariga jiddiy yondashish kerak. Rasmiyatchilik uchun nomigagina ishga joylab qo‘yish holatlari yoki undan ham yomoni – quruq statistika uchun qo‘shib yozishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi shart”, dedi Senat Raisi. 

Yalpi majlis davomida “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yanada jadallashtirilishi, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish, transport xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni tizimlashtirishga qaratilgan qonunlar ma’qullandi. 

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonunda vakolatli organning vakolatlari va vazifalari ochib berilmagani va boshqa kamchiliklari borligi uchun rad etildi. 

Yalpi majlis ertaga o‘z ishini davom ettiradi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FzOTNvsXlFs" title="SYeNAT: o‘ninchi yalpi majlisdagi muhim masalalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Norgul Abduraimova, Doniyor Yoqubov (video), Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA