Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi 510 murojaatni ijobiy hal qildi
09:24 / 2025-12-30

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida 2025 yildagi qonunchilik va parlament nazorati faoliyati borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi hamda 2026 yildagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Qo‘mita raisi Qutbiddin Burxonov qonun ustuvorligini ta’minlash va parlament nazoratini kuchaytirish yo‘nalishida 17  majlis o‘tkazilib, jami 33 masala ko‘rib chiqilganini qayd etdi.  Shundan 21 qonun muhokama qilinib, ma’qullandi.

Sohaga oid 6 axborot va 2 hisobot eshitildi. Yo‘l harakati xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

2025 yil davomida Senat yalpi majlislarida muhokama qilingan qonunlar va boshqa masalalarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida doimiy ravishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi. 

Qo‘mita a’zolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 700 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ulardan 510 tasi ijobiy hal etildi.

Dolzarb muammolar yuzasidan mutasaddi idoralarga 20 ga yaqin parlament so‘rovi yuborildi.

Qo‘mitaning 2026 yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasi ham qizg‘in muhokama qilindi. Unda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlariga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini kuchaytirish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash tizimini takomillashtirishga e’tibor qaratilgan. 

Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi ofitserlarni tayyorlash holatini o‘rganish va sohadagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish belgilangan.

Majlis yakunida mazkur vazifalarni sifatli ijro etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik mexanizmi belgilab olindi.

N.Abduraimova, O‘zA