English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqning chinakam “ovozi”ga aylanadi
10:24 / 2024-11-29

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida Yangi O‘zbekistonni barpo etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovozi”ga aylantirish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

Buning amalda ta’minlanishi uchun Senat tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi. Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi ish boshladi.  

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamkorligida tuman va shahar kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari uchun o‘tkazilgan seminarda shu haqda gap bordi.  

Qonunchilikda mas’ullarning hisobotlari (axborotlari)ni eshitish tartibining amalda ta’minlanishi ustidan xalq deputatlari mahalliy kengashlari nazorati institutini joriy etish belgilangan.    

Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining tashkil etilishi hamda uning huquqiy asoslari, ularning vazifalari, shuningdek, Ombudsmanning mintaqaviy vakili, Bolalar ombudsmanining mintaqaviy vakili, prokuratura, majburiy ijro byurosi, ichki ishlar, adliya organlari rahbarlarining hisobotlari (axborotlari)ni dastlabki tarzda eshitish kabi masalalar muhim o‘rin tutadi.  

Shu nuqtai nazardan mahalliy kengashlar tomonidan qonunchilikda belgilanganidek, mas’ullarning hisobotlari (axborotlari)ni eshitish yuzasidan Konstitutsiya, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida” va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlar, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi reglamenti asosida Senat qo‘mitalari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmasi muhokama qilindi.  

Unda hududiy davlat organlarining hisoboti (axboroti)ni eshitishning tartibi, muddatlari, mahalliy kengashlarning bu jarayonda qanday masalalarga e’tibor berishi lozimligi hamda o‘ziga xos boshqa xususiyatlari muhokama qilindi. Ayni shu masalada ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.  

Tadbir yakunida mahalliy kengashlarga uslubiy yordam ko‘rsatishni tizimli tashkil etish, qonunlarni deputatlar va ekspertlar tomonidan kengroq muhokama qilishni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.  

N.Abduraimova,  

O‘zA