Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat ishchi guruhi Buxoroda
17:47 / 2023-07-18

Parlament nazorati doirasida Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobul Tursunov boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoroga keldi.

Ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash dasturlari, shuningdek, mahalliy byudjet ijrosi holatini o‘rganish maqsad qilingan.  

Shuningdek, viloyatda o‘rganish olib boradigan ishchi guruhi erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning sohalar va tumanlar kesimidagi tahlili, xizmatlar sohasida amalga oshirilgan ishlar, maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining faoliyati samaradorligi, aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kabi yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib boradi.

Mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati va ko‘lami yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilganligi ham o‘rganiladi.

Senat ishchi guruhi Buxoro shahridagi yangidan barpo etilgan “Narshaxiy” bog‘i, Buxoro tumanidagi “MILMAXTRADE” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan agrologistika markazi va markaziy stadionda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA