Senat Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qulladi
Prezident Jo Bayden AQSH Senati tomonidan NATOning kengayishi to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilinganini olqishladi hamda Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolashini aytdi. Bu xabarni parlament matbuot xizmati tarqatgan.
Amerika yetakchisi yuqoridagi hujjatlar bo‘yicha protokol bilan tanishib chiqib, 1981 yildan buyon eng tez qabul qilingan qaror ekaniga e’tibor qaratdi.
“Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi Ittifoqning jamoaviy xavfsizligini yanada mustahkamlaydi va transatlantik sheriklikni chuqurlashtiradi”, deyilgan Oq uy ma’muriyati bayonotida.
Amerika qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, senat roziligi olingach, ratifikatsiya qilish tartibi bevosita mamlakat perzidenti tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zA