Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoq assambleyasida ishtirok etdi
14:26 / 2023-03-17

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi Bahrayn Qirolligining Manama shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 146-assambleyasida ishtirok etdi.

“Tinch-totuv yashash va inklyuziv jamiyatlarga ko‘maklashish: murosasizlikka qarshi kurashish” mavzusida tashkil etilgan xalqaro tadbirda dunyoning 140 davlatidan 2 mingdan ortiq delegat ishtirok etdi.  

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova tahdidlarga qarshi samarali kurashish va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasidagi muammolarni hal etishda parlamentlararo hamkorlik muhimligini ta’kidladi.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.  

O‘zbekistonda xotin-qizlar mamlakat parlamenti a’zolari umumiy sonining 32 foizini tashkil etishi, bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri ekanligi e’tirof etildi.  

Majlis davomida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

M.Qodirxonova Manama shahrida o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘ining 2-konferensiyasida ham ishtirok etdi.  

Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 300 dan ziyod delegatlar, xalqaro hamjamiyat va parlament tuzilmalari vakillari ishtirok etgan mazkur anjuman yakunida Manama deklaratsiyasi qabul qilindi.  

O‘zA