Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat a’zolari Yakkasaroy tuman hokimligida fuqarolar qabulini o‘tkazdi
14:19 / 2023-02-25

Toshkent shahri Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yakkasaroy tumani hokimligida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring yuritish, axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.  

Davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish har qachongidan ham muhimligi ta’kidlandi. Tizim yopiq bo‘lmasdan, qanchalik ochiq va shaffof bo‘lsa, mansabdor shaxslarning jamoatchilik oldida hisobdorlik hissi oshadi.    

Yig‘ilishdan so‘ng senatorlar, Toshkent shahar mahalliy Kengashlari deputatlari va tuman hokimi fuqarolarni qabul qildi. Fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyati, moddiy yordam berish va mahallani obod qilish masalalari yuzasidan murojaatlari eshitildi.  

Natijada, «Bobur» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Anorxon Xidirovaning farzandi Toshkent moliya institutiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi. «Armug‘on» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Oysanam Mardonova «Temir daftar»ga kiritilib, unga sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam ajratish, «Qushbegi» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Madinaxon Xudoyqulovaga subsidiya berish, «Dilbuloq» mahallasida istiqomat qiluvchi Mavluda Xo‘jaqulovaning monomarkazda o‘qishi masalalari joyida hal etildi.  

Qabul davomida mas’ullarga topshiriqlar berilib, murojaatlar shaxsan hokim nazoratiga olindi.  

M.Qosimova, O‘zA