Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat a’zolari Jizzaxda
07:00 / 2022-02-17

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Risqul Siddiqov, xalq depututlari viloyat kengashi deputatlari, Senat a’zolari Nusrat Pardayev hamda Sanobar Suyarova Jizzax viloyatida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul jarayonida Senat a’zolari aholini tashvishga solayotgan muammolar yuzasidan ularning murojaatlarini tinglab, har bir masala atroflicha o‘rganildi.  

Joylardagi mahalliy hokimlik mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatsizligi, aholi duch kelayotgan muammolarni hal etishga panja orasidan qaralishi natijasida yillar davomida hal etilmay kelingan turli, ijtimoiy, iqtisodiy, obodonlashtirish masalalari, turmush qiyinchiliklari yuzasidan murojaatlar tinglandi.

 

Jumladan, Jizzax shahri, Tinchlik mahallasida joylashgan 17-yotoqxonada yashovchi Kristina Xoliqova 84 yoshli buvisi Valentina Jilyayeva farzandlari hamda turmush o‘rtog‘i  bilan yotoqxonada istiqomat qilishini aytdi. Murojaatchi senatorlarga moddiy jihatdan qiynalgani, farzandlari, qaramog‘idagi buvisi uchun kundalik oziq-ovqatlar bilan birga uy-joyga muhtojligini bildirdi.  

Ushbu yotoqxonada yashovchi Umida Bekmirzayevaning uch nafar farzandi bor o‘zi va turmush o‘rtog‘i nogiron. Umida foydalangan elektr energiyasidan 9 million so‘mdan ziyod qarz bo‘lganligi sabab tarmoqdan uzib qo‘yilgan. Qarzni undirish uchun Jizzax shahar elektr tarmog‘i korxonasi hujjatlarni majburiy ijro buyurosiga yuborgan. Fuqaro elektr energiyasidan qarzdorlikni to‘lab berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.   

Shuningdek, Sharof Rashidov tumani, “Saraylik” mahallasida yashovchi Bahrom Yo‘lchiyevning 5 farzandi bor. O‘zi bilan birga 3 nafar farzandi 2-guruh nogironi. Murojaatchi 2 million 594 ming so‘m tabiiy gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzib qo‘yilgan. Qish kuni nogiron farzandlari bilan sovuq xonalarda yashayotganligini bildirdi.  

Fuqarolar tomonidan qabul jarayonida ko‘tarilgan har bir masala bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar yuklatildi.  

Qabuldagi o‘rganishlar jarayonida senatorlar murojaat qog‘ozda qolib ketmasligi, har bir murojaat etuvchining fikri inobatga olinishi va tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi, ijrosini ta’minlash borasida amaliy choralar ko‘rilib, aniqlangan muammolar o‘z joyida bartaraf etilishini ta’minlash ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi.  

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA