English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: Aholini pestitsidlarning zararli ta’siridan himoya qilish zarur
09:53 / 2025-11-28

Ayrim pestitsidlar saraton bilan bog‘langani haqida aniq dalillar mavjud. Shu sababli, pestitsidning zararli ta’siridan himoyalanish uchun aholiga zarur tavsiyalarni yetkazish kerak.

Jumladan, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, pestitsidlarni to‘g‘ri saqlash va utilizatsiya qilish, mevalar va sabzavotlarni puxta yuvib iste’mol qilish maqsadga muvofiq. 

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida o‘tkazilgan majlisda shu haqda so‘z bordi. 

Qo‘mita raisi o‘rinbosari Oral Ataniyazova boshqargan majlisda pestitsidlarning turlari, qo‘llanilishi va milliy me’yoriy bazasi, pestitsidlarning inson salomatligiga ta’siri, atrof-muhit va oziq-ovqat mahsulotlarida monitoringi kabi masalalar muhokama qilindi.

Pestitsidlarning inson salomatligiga ta’sir qilish  yo‘llari (suv, oziq-ovqat orqali, pestitsidlarni qo‘llash jarayonida, idish va konteynerlar orqali va h.k.), uning oqibatida kelib chiqayotgan kasalliklar, ularga qarshi kurashish bo‘yicha xorijiy tajriba ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida pestitsidlarning inson salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

N.Abduraimova,

O‘zA