“Sen kuchlisan”: auksionda qo‘yilgan surat 21 million so‘mga baholandi (+video)
O‘zbekistonda bir yil ichida 14 yoshgacha bo‘lgan 2000 ga yaqin bolalarda gematologik va onkologik kasalliklar aniqlangan. Achinarlisi, bolalarning 30-40 foizida ushbu kasalliklar juda kech aniqlanmoqda. Bir yilda esa 400 nafar bolalarni yo‘qotyapmiz.
Bu esa kuniga bir yoki ikkita bemor bolani yo‘qotyapti degani. Bu haqda joriy yilning 27 dekabr kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida “Sen kuchlisan” shiori ostida o‘tkazilgan xayriya marafonida ma’lum qilindi.
Onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan iqtidorli bolalarni qo‘llab quvvatlash, ularni hayotda kuchli bo‘lishga, umid bilan yashashga undash, yaqinlariga esa moddiy va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda ikki yuzga yaqin bemor bolajonlar tomonidan chizilgan suratlar, shu bilan birgalikda qo‘l mehnati asosida yasalgan gullar va taqinchoqlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Batafsil videoda:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3ywSuukbwSI" title="“Sen kuchlisan”: auksionda qoʻyilgan surat 21 million soʻmga baholandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA