Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sen buyuk yurt farzandisan, bolajon!
19:07 / 2023-06-01

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “Sen buyuk yurt farzandisan, bolajon!” nomli xayriya tadbiri tashkil etildi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni madaniy merosimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirgan holda, ularni san’at olami bilan hamnafas etish hamda aholining eng yosh qatlami bo‘lmish bolajonlarga jamiyat e’tiborini qaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirga kam ta’minlangan oilalar farzandlari   taklif etildi.  

Tadbir doirasida usta-hunarmandlar tomonidan bolajonlar uchun mayda haykaltaroshlik va hushtaklar yasash bo‘yicha mahorat darslari  tashkil etildi. Shuningdek, Yakkasaroy tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarining ijodiy ko‘rgazmasi va sahna chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

[gallery-12169]

Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA