Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Semizlik insoniyat uchun muammoga aylanmoqda
14:17 / 2022-10-11

11 oktyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan butun dunyoda semirishga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanmoqda.

bugungi kunda Yevropaning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida katta yoshdagi aholining 15 dan 25 foizigachasi semirishdan aziyat chekmoqda. Umuman, so‘nggi yillarda butun dunyoda bolalar va o‘smirlar orasida ham semirish holatlari ortmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 25 foiz o‘smirlar ortiqcha vaznga ega, 15 foizi esa semirib ketgan va bundan aziyat chekmoqda. Bolalikdagi ortiqcha vazn katta bo‘lganda semirib ketishga sabab bo‘ladi. Ortiqcha vaznga ega bolalarning 50 foizi hali 6 yoshga ham kirmagan va ular katta bo‘lganda semirishga moyil bo‘ladi. O‘smirlikda esa ushbu ehtimollik ko‘rsatkichi 80 foizga chiqadi. 
 
Semizlik umr davomiyligini sezilarli ravishda qisqartiradi, ya’ni ular semirmaganlarga qaraganda 3-5 yil kam umr ko‘radi. Har uchta o‘limning ikkitasi yog‘ almashinuvidagi buzilishlar va semirib ketish oqibatida yuz bermoqda. 

Mutaxassislar xamirli ovqatlar va shirinliklarni haddan ortiq iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlamoqda. Non mahsulotlari tarkibidagi uglevodlar yog‘ va shakar bilan mos ravishda nafaqat semirish uchun moyillikni uyg‘otadi, balki tana og‘irligini ham keskin oshiradi. Bu esa tanadagi moddalar almashinuviga zarar yetkazadi va oshqozon-ichak, allergiya, diabet kasalliklariga hamda o‘simtalar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, har birimiz iste’mol qilayotgan taomlarimizga qattiq e’tibor berishimiz, me’yorida ovqatlanishimiz muhim. Qolaversa, muntazam ravishda jismoniy harakat qilish ham tanamiz og‘irligini me’yorida ushlab turadi.