Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seminar-trening hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
10:58 / 2025-10-03

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida respublikadagi umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy informatika ta’limida innovatsiyalar: sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ilova yaratish va samarali dars o‘qitish” mavzusida seminar-trening boshlandi.

Zamonaviy raqamli tendensiyalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningning dastlabki kunida Nukus shahri va Beruniy tumani maktablari o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Bayrambay Otemuratov, O‘zbekistondagi yetakchi IT mutaxassisi va fintex innovatori Umida Ziyamovalar ishtirok etib, hozirgi vaqtda axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari va hayotimizdagi o‘rni haqida so‘zlab berishdi.

Seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Kiberxavfsizlik universitetidan kelgan mutaxassis-trenerlar tomonidan sun’iy intellektning ta’limda qo‘llanilishi, kiberxavfsizlik va o‘qituvchining mas’uliyati, mobil ilova yaratish asoslari bo‘yicha treninglar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar-trening davom etmoqda. 

Dovud Abibullayev, O‘zA