Seminar taziyq va zo‘rovonlikning oldini olishga bag‘ishlandi
Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva ishtirokida xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14 va 16 iyulda qabul qilingan 440- va 441-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati va ijrosi muhokama qilindi. Xususan, “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va himoya qilish tartibi” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” ga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 2025 yil 23 iyulda qabul qilingan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari orqali ijtimoiy yordamni takomillashtirish va ehtiyojmand oilalarga, ayniqsa xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan yordamlar haqida tushunchalar berildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari