French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seminar ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
20:06 / 2022-01-19

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida mamlakatimiz umumta’lim maktablarida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli o‘quvchi-yoshlar ijodiy qobiliyatini aniqlash, ro‘yobga chiqarish va yanada rivojlantirishdan iborat.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahri bo‘limi tomonidan Xalq ta’limi Bosh boshqarmasi, hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Shayxontohur tumani XTB tasarrufidagi umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun seminar-trening dasturi tayyorlandi.

Mazkur dastur asosida 39-sonli umumta’lim muassasasida o‘tkazilgan anjumanda tumandagi 36 ta maktabdan vakillar ishtirok etdi.

Dasturga ko‘ra, mashg‘ulot davomida targ‘ibotchilar faoliyatiga oid tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish, targ‘ibotchining asosiy vazifasi, namunaviy ish rejasi, Ijodiy qobiliyati bor o‘quvchilarni saralash, ular bilan ishlash samaradorligini oshirish kabi dolzarb mavzular hamda yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini kuchaytirish uslublari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar ta’lim muassasasida 2021-2022 o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilar ijodkorligini qo‘llab-quvatlashga qaratilgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Toshkent shahri Shayxontohur tumani XTB

matbuot xizmati