Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sement zavod” ishchilari “bosh” ko‘tardi. Shu rostmi?!
18:50 / 2022-01-29

Bugun, 29 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyat hokimiyati binosi oldida "Qizilqumsement" korxonasi ishchilari tamonidan Norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda” sarlavhasi ostida videoxabar tarqalgan edi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Navoiy viloyati hokimligi binosi ro‘parasidagi avtoturargohda “Qizilqumsement” AJda mehnat qilayotgan 25-30 chog‘li ishchilar to‘planib, korxonada so‘nggi vaqtlarda oylik maosh, mukofot puli kabi to‘lovlardan norozi ekanliklarini bildirishib, viloyat hokimiga ushbu masalaning ijobiy yechimini ta’minlashga amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilishgan.

Ishchilar bilan uchrashgan viloyat hokimi masalani joyida o‘rganish maqsadida murojaatchilar bilan kelishuvga ko‘ra, viloyat rahbari ishchilar bilan birgalikda avtobusda korxonaga boradi.
“Qizilqumsement” AJda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oylik maosh, mukofot puli, kasaba uyushmasi va xotin-qizlar kengashi faoliyati, ish sharoitining zararliligi (vrednost) ustamalari kabi 20 ga yaqin masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘lgan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, viloyat hokimining shaxsan nazorati ostida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni chuqur o‘rganish bo‘yicha viloyat prokuraturasi, adliya boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi va kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mutasaddi vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan. 

Xabarda Ishchi guruh axborotida ko‘rsatilgan kamchilik va masalalarning yechimi bo‘yicha “Qizilqumsement” AJ ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilmoqda.

O‘zA