Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sement sanoati va bozori: maʼruza, taqdimot va namoyish
18:34 / 2019-11-04

Toshkentda “Sement sanoati va bozori“ XVII Markaziy Osiyo xalqaro anjumani boʻlib oʻtmoqda.


Toshkentda “Sement sanoati va bozori“ XVII Markaziy Osiyo xalqaro anjumani boʻlib oʻtmoqda.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari“ uyushmasi va Rossiyaning “Biznes sem“ masʼuliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilgan anjumanda 16 davlatdan sement sanoati mutaxassislari, xalqaro ekspert va yirik kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari“ uyushmasi boshqaruvi raisi Botir Zaripov, Rossiyaning “Biznes sem“ masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Yevgeniy Valyukov va boshqalar qurilish sanoati, xususan, mamlakatimizda sement sanoatini rivojlantirish hamda chet el investitsiyalarini jalb qilish mavjud imkoniyatlarni kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Qayd etilganidek, Oʻzbekistonda sement ishlab chiqarish yangi bosqichga koʻtarildi. Bundan toʻrt-besh yil avval 4 yirik sement zavodi faoliyat yuritgan boʻlsa, bugun ularning soni 18 taga yetdi. Bu yil yana 10 loyiha amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish quvvatini esa 15 million tonnaga yetkazish koʻzda tutilmoqda. Yana bir gap. Bu yil ilk bor “Qizilqumsement“ aksiyadorlik jamiyatida 600 markali sement ishlab chiqarilmoqda.

– Bunday yutuqlar bugun tashkil etilgan anjumanda yanada yaqqol namoyon boʻldi, – dedi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi Botir Xoʻjabekov. – Negaki, ushbu anʼanaviy tadbirda avvallari yurtimizdagi 10-15 ishlab chiqaruvchi va mutaxassislar ishtirok etgan boʻlsa, bu galgisida 38 tani tashkil etmoqda. Albatta, bu yaxshi natija. Eʼtiborlisi, mazkur xalqaro anjuman Oʻzbekiston, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Qozogʻiston, Italiya, Shveysariya, Avstraliya, Hindiston, Daniya kabi davlatlarning yetakchi kompaniya va firmalari vakillarini bir maqsadga birlashtirdi.

– Anjumanda sement tarmogʻi uchun raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish mavzusida maʼruzam bilan qatnashdim, – dedi “FLSmidth” kompaniyasining savdo boʻyicha ish yurituvchisi Dey Marum (Daniya). – Qurilish sanoatiga uskunalar yetkazib berish bilan shugʻullanamiz. Bugun tarmoqqa raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish tizimini tatbiq etishning ahamiyatli jihatlari haqida fikrlashdik. Maqsadimiz oʻzbekistonlik hamkasblarimiz bilan ishlash.