Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning 20 foizlik foyda solig‘i 15 foizga pasaytiriladi
11:30 / 2021-12-04

bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida qurilish-bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Qurilish sohasidagi ishlarni izchil davom ettirishda zarur qurilish materiallari muhim o‘rin tutadi. Endilikda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator yengilliklar berilishi kutilmoqda.

Gap shundaki, “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining bir qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, kodeksning 337 va 452-moddalariga 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga belgilangan 20 foizlik foyda solig‘i stavkasini 15 foizga pasaytirish, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravarga kamaytirish taklif qilinmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Mazkur hujjatning qabul qilinishi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar daromadlari oshishiga xizmat qiladi. Qolaversa, qurilish materiallari iste’molchilari bo‘lgan aholiga yengilliklar yaratadi. 

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA