Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sement ishlab chiqarish korxonalari ustidan ekologik nazorat kuchaytiriladi
11:53 / 2019-11-28

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida“gi qarori loyihasi e’lon qilindi.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida“gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat bilan 2020-2022 yillarga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi analitik laboratoriyalarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha Dasturi tasdiqlanadi.

Respublikada faoliyat yurituvchi barcha sement ishlab chiqarish korxonalariga 2022 yil 1 yanvarga qadar atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari)ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatish tartibi yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:

2020 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning barchasini ifloslantirish manbalar monitoringi amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ro‘yxatiga majburiy kiritishni;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ushbu qarorning ikkinchi bandida nazarda tutilgan talablarni bajarilishi ustidan qat’iy nazorat qilish ta’minlanadi.