Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sement ishlab chiqarish hajmi ortadi
17:47 / 2018-10-31

Toshkent viloyati Angren shahrida shvetsiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan sement ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qoʻyilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Toshkent viloyati Angren shahrida shvetsiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan sement ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qoʻyilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda chet ellik investorlar, shahar hokimligi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Angren shahar kengashi masʼullari, quruvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan uy-joy, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, yoʻlsozlik kabi aholining birlamchi ehtiyojini qanoatlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar koʻlami tobora kengayib borayotgani taʼkidlandi. Bu, oʻz navbatida, qurilish materiallari, xususan, sementga boʻlgan talabni oshirayotgani, yangi korxona mahsulotlari esa ichki bozordagi ushbu talabni qondirishga xizmat qilishi qayd etildi.

“ABA GTS GROUP“ masʼuliyat cheklangan jamiyati shaklida tashkil etilayotgan mazkur korxonaning ishga tushirilishi kuniga 1 ming 200 tonna mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. 400 kishining doimiy bandligi taʼminlanadi. Maʼlumotlarga koʻra, majmuaning qurilish ishlarini kelasi yil noyabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joizki, mazkur korxona oktyabr oyida Toshkent viloyatida sement ishlab chiqarish boʻyicha tamal toshi qoʻyilgan ikkinchi loyiha sanaladi. Avvalroq, qoʻshni Ohangaron hududida rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga egakorxona qurilishi boshlangani haqida xabar qilgan edik.